Ozarbayjon samolyoti Rossiya hujumiga uchragan

eʼlon qilindi
Rossiya Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi tomonidan
Foto: Issa Tazhenbayev/AFP/Getty Images

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, Baku – Grozniy yo‘nalishidagi Ozarbayjon aviakompaniyasi samolyoti Grozniy shahriga yaqinlashayotganda Rossiya Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi hujumiga uchragan. Bu haqda Caliber sahifasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Pantsir-S» raketa tizimi yordamida amalga oshirilgan hujum natijasida samolyotning aloqa tizimi falaj bo‘lgan va u radarlar tomonidan aniqlanmay qolgan. Signal faqat Qora dengiz hududida tiklangan.

Rossiya manbalariga ko‘ra, ushbu paytda Checheniston havo hududida Ukraina dronlari urib tushirilgan. Biroq Rossiya o‘zining havo hududini fuqarolik samolyotlari uchun yopmagan. Samolyot Grozniy, Maxachkala va Mineralniye Vody aeroportlariga qo‘nishga ruxsat olishda muammolarga duch kelgan va oxir-oqibat Qozog‘istonning Aqtau shahriga yo‘naltirilgan. Ozarbayjon tergovchilari Rossiya tomonidan samolyotning urib tushirilgani tan olinishi va tergov o‘tkazilishi kerakligini kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aktaudagi aviahalokatda 38 nafar yo‘lovchi halokat bo‘lib, 29 nafari omon qolgani haqida yozgan edik.

Shuningdek