Foto:Pexels.com
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 24-dekabrda infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab qisqa muddatli obyektlarga avans to‘lovlari ajratiladi. Bu tartib obyekt qiymatining 30 foizini birinchi oyda to‘lashni nazarda tutadi.
Shuningdek, loyiha qiymati katta obyektlar maxsus tashkilotlar tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi. Texnik va smeta qismlarini «Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish markazi» baholaydi. Narx qismi bo‘yicha esa «Loyihalarni kompleks ekspertiza qilish markazi» mas’ul bo‘ladi.
2025-yil 1-aprelgacha qurib bitkazilgan obyektlarni foydalanishga qabul qilish to‘liq raqamlashtiriladi.
2025-yil 1-iyulgacha namunaviy loyiha hujjatlari uchun elektron kataloglar yaratiladi. Ushbu kataloglar «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimiga joylashtirilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan raqobat qoʻmitasining aralashuvi bilan 1 mlrd soʻmlik asossiz qarzdorlik bartaraf etilgani haqida xabar bergan edi.