Qirgʻiziston Oʻzbekistonga benzin eksportini 95 foizga oshirdi

eʼlon qilindi
2024-yil yanvar – oktabr oylarida
Foto: Engin Akyurt

2024-yilning dastlabki oʻn oyida Qirgʻiziston Oʻzbekistonga benzin eksportini 95 foizga koʻpaytirdi, ya’ni bu koʻrsatkich $1,3 milliondan $2,7 millionga oʻsdi. Bu haqda Tazabek nashri Qirgʻiziston Milliy statistika qoʻmitasiga tayanib, xabar bermoqda.

Yanvardan oktabrgacha Qirgʻiziston Oʻzbekistonga qariyb 5,8 million litr benzinni oʻrtacha bir litri 45 sentdan sotdi.

Bundan tashqari, Qirgʻizistonning Afgʻonistonga benzin eksporti 90 baravarga koʻpayib, $28,5 millionga yetdi. Yanvardan oktabrgacha Qirgʻiziston bu mamlakatga qariyb 62 million litr benzinni oʻrtacha bir litri 46 sentdan sotdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻiston benzin eksportiga taqiqni uzaytirmoqchi ekani haqida yozgan edi.

Shuningdek