Silk Avia 27-dekabrdan Zominga muntazam aviaqatnovlarni tiklaydi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Aviaqatnovlar har kuni amalga oshiriladi

Silk Avia 27-dekabrdan Zominga muntazam aviaqatnovlarni tiklaydi. Bu haqda Uzbekistan Airways axborot xizmati xabar berdi.
Zomin aeroportida meteorologik uskunalar modernizatsiya qilingach havo kemalarini qabul qilish qayta yoʻlga qoʻyildi.
Toshkent – Zomin – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha Silk Avia US1001/1002 aviakompaniyasining muntazam qatnovlari bir tomonga aviachiptalar narxi 121 ming soʻmdan boshlanadi. Aviaqatnovlar har kuni amalga oshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Air Arabia 27-dekabrdan Toshkentdan Ras al-Xaymaga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyishi haqida xabar bergan edi.