Tramp soliqlarni kamaytirish uchun Kanadani AQShga qo‘shilishga taklif qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Agar Kanada AQShga qo‘shilsa, soliqlar 60 foizdan ortiq kamayishini ta’kidladi
Foyto: NASA

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Truth Social platformasida Kanadaning 51-shtatga aylanishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. U agar Kanada AQShga qo‘shilsa, soliqlar 60 foizdan ortiq kamayishini ta’kidladi.

«Kanadaliklar juda yuqori soliqlar to‘layapti. Agar ular bizning 51-shtatimizga aylansa, ularning biznesi gullab-yashnaydi», – dedi Tramp. U Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga murojaat qilar ekan, harbiy himoya darajasi ham oshishini qayd etdi.

Tramp Grenlandiya haqida ham fikr bildirib, uning strategik ahamiyatini ta’kidladi. U Grenlandiya aholisiga ham soliqlarni kamaytirish kabi takliflar qilinishi mumkinligini aytdi.

Shuningdek, Tramp Xitoy masalasiga to‘xtalib, uning qo‘shinlari Panama kanalidan noqonuniy foydalanayotganini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp Panama kanalini AQSh nazoratiga qaytarish bilan tahdid qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek