2024-yil 23-dekabr kuni «Yashnobod hokimi o‘zini 62 mln so‘m bilan mukofotladi» degan xabar tarqaldi. Ushbu xabar yuzasidan Yashnobod tumani hokimiyati rasmiy bayonot berdi. Vazirlar Mahkamasining 2021-yilgi qaroriga asosan, sektor faoliyati baholanadi.Baholash Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan avtomatlashtirilgan tizim orqali amalga oshiriladi.
Sektor g‘oliblari 1-, 2- va 3-o‘rinlarga ko‘ra mukofotlanishi belgilangan. Toshkent shahar hokimining farmoyishiga binoan, baholash natijasida Yashnobod hokimi 2-o‘rinni egalladi. Baxtiyor Rahmankulovga 61,9 mln so‘m mukofot belgilangan, lekin soliqlar ushlab qolindi.
Yakunda, Rahmankulovga 43,6 mln so‘m mukofot to‘langan. Bu mablag‘ mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan qoplanadi. Hokimiyatga ko‘ra, xabarlarda bu holat noto‘g‘ri talqin qilingan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mahalliy davlat hokimiyati organlariga qanday yangi moliyaviy imkoniyatlar va vakolatlar berilgani haqida xabar bergan edi.