2024-yilning 11 oyda deyarli 150 mingta Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi

27-dekabr 2024 10:16 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Foto: UzAuto Motors matbuot xizmati

Joriy yilning yanvar – noyabr oylarida UzAuto Motors tomonidan deyarli 150 ming dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, oylar kesimida eng koʻp ishlab chiqarish avgust oyida boʻlib, mazkur oyda kompaniya tomonidan 17,2 mingta avtomobil ishlab chiqarilgan. Keyingi oʻrinlardan sentabr (15,6 mingta) va oktabr (16,8 mingta)da avtomobil ishlab chiqarildi.

Ma’lumot uchun, Chevrolet Cobalt Rossiyada eng arzon sedanga aylandi. Yangi Chevrolet Cobalt Rossiya bozorida 1,5 mln rubldan (taxminan 193,6 mln soʻm) sotilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Cobalt GX-Style AT Plus narxi 147,91 mln soʻm boʻlsa, Cobalt GX Midnight ATʼning narxi 155,23 mln soʻmni tashkil qiladi. Lekin hozirgi vaqtda avtomobillar  savdo.uzavtosanoat.uz platformasida sotuvda mavjud emas.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Lacetti avtomobilini ishlab chiqarish toʻxtatilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek