Allamjonovga suiqasd bilan bog‘liq jinoyat ishida rossiyalik shaxslarga qidiruv e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Ikki nafar Rossiya fuqarolariga
Foto: Pexels.com

Bosh prokuratura Komil Allamjonovga nisbatan sodir etilgan qotillikka suiqasd qilish bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Unga ko‘ra, jinoiy ish doirasida Rossiya Federatsiyasi fuqarolari Bislan Rasaev va Shamil Temirkhanov qonunga xilof ravishda O‘zbekistonga kirish va chiqish, jinoyat haqida xabar bermaslik hamda o‘qotar qurolning qonunga xilof muomalasi kabi jinoyatlarni sodir etganliklari aniqlangan.

Bislan Rasaev va Shamil Temirkhanov O‘zR Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan sirtdan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda qidiruv e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ikki nafar Rossiya fuqarosi Komil Allamjonovga suiqasd qilishda gumonlangani haqida yozgan edik.

Shuningdek