Bayram kunalari banklar faoliyati va valyuta ayirboshlash xizmatlari qay tartibda amalga oshiriladi
Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalarining faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Markaziy bank o‘z rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, quyidagi banklar bu xizmatlarni taqdim etmoqda: Ipak yo’li bank, Milliy bank, «Bisnesni rivojlantirish banki» ATB, Agrobank, Hamkorbank, Trastbank, Turonbank, Aloqabank, Sanoatqurilishbank, Xalq banki, Asakabank, Infin bank, Ipoteka bank OTP group, Garant bank, Mkbank, Poytaxtbank, Saderatbank, Asia Alliance bank, Octobank, Anor bank, Universalbank, Orient Finans Bank, Apex bank, Davr bank, Tenge bank, Hayot bank.
Shuningdek, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomati va bank mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlari ham yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank qarori bilan ikki mikromoliya tashkiloti ro‘yxatga olingan edi.