Yangiliklar

Yil davomida so‘m 4,5 foizga qadrsizlandi

Foto: David Trinks / Unsplash

27-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida AQSh dollari kursi 15,57 so‘mga pasayib, 12 904,91 so‘mga teng bo‘ldi.

2023-yil yakunida dollar 12 352,86 so‘mni tashkil qilgan, 2024-yil davomida O‘zbekiston valyutasi 552,05 so‘mga, ya’ni 4,5 foizga qadrsizlangan.

Bugun respublikaning tijorat banklari dollari 12 840 – 12 870 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 920 – 12 985 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 26-dekabr kuni dollar kursi 7,79 so‘mga pasaygan edi.