Istirohat bog‘lari attraksionlarida xavfsizlik talablari qayta ko‘rib chiqiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2025-yil 1-iyuldan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llash tartibi joriy qilinadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan rasm

O‘zbekistonda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini takomillashtirish bo‘yicha prezident farmoni imzolandi. Unga ko‘ra, 2025-yilda attraksionlar xavfsizlik talablari yangilanadi va zamonaviy standartlarga moslashtiriladi.

Sanoat xavfsizligini ta’minlashda masofadan nazorat qilish mexanizmi joriy etiladi. Radiatsiya va yadro xavfsizligi qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

Farmon doirasida Tog‘-kon sanoati va geologiya inspeksiyasi funksiyalari Sanoat xavfsizligi qo‘mitasiga o‘tkaziladi. Shu bilan birga, Navoiy, Olmaliq, Bekobod va Temir yo‘l sanoat xavfsizligi inspeksiyalari tashkil etiladi.

2025-yil yakunigacha «Yagona integratsiyalashgan ekotizim» axborot tizimi ishga tushiriladi. Ushbu tizim sanoat xavfsizligi ustidan masofaviy nazoratni ta’minlaydi.

2025-yil 1-iyuldan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llash tartibi joriy qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yunusobod dehqon bozori o‘rnida yangi savdo markazi qurilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek