Janubiy Koreyada muvaqqat prezidentga impichment e’lon qilindi
Foto:Jung Yeon-Je / AFP via Getty Images
Janubiy Koreya parlamenti prezident vazifasini bajaruvchi Xan Dak Suga impichment e’lon qildi. Ushbu qaror qisqa muddatli harbiy holat e’lon qilgani bilan bog‘liq.
Xan o‘z bayonotida tartibsizliklardan qochish uchun lavozimni vaqtincha tark etishini bildirdi.
Xanning vazifalarini moliya vaziri Choy Sang-Mok bajaradi. U parlamentdan impichmentni bekor qilishni so‘rab, bu qaror iqtisodiy barqarorlikka zarar yetkazishini ta’kidladi.
Impichmentga oid qaror Konstitutsiyaviy sud tomonidan 180 kun ichida qabul qilinishi kerak. Sud Yunni lavozimga qaytarish yoki uni butunlay chetlatish bo‘yicha qaror chiqaradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchiga impichment ovozi kutilayotganini xabar bergan edi.