Maldiv orollariga rekord darajada sayyoh tashrif buyurdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Ushbu ko‘rsatkich ikki million kishiga yetdi
2024-yilda Maldiv orollariga ikki million sayyoh tashrif buyurdi, bu respublika uchun rekorddir, deya xabar berdi orol davlati turizm vazirligi.
Mamlakatga sayyohlar oqimi 2022-yildan buyon 25 foizga oshdi. O‘shanda mamlakatga 1,6 million xorijiy fuqarolar kelgan.
Maldiv turizm vazirligi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yil noyabr oyida 300 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Maldiv orollariga tashrif buyurgan, bu oʻtgan yildagiga nisbatan 3,5 foizga kamdir.
Joriy yilning 11 oyi davomida orol davlatiga tashrif buyurgan O‘zbekiston fuqarolari soni har yili 1,9 foizga o‘sish bilan 3,5 ming nafarni tashkil etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilda qayerda dam olish mumkinligi haqida yozgan edi.