NASA zondi quyoshga eng yaqin masofada uchib omon qoldi
NASAning Parker quyosh zondi inson tomonidan yaratilgan har qanday obyektning quyoshga eng yaqin parvozini muvaffaqiyatli yakunladi. Zond 24-dekabr kuni quyosh sathidan atigi 3,8 mln milya (6,1 mln km) masofada uchdi.
Kosmik agentlik zondning xavfsiz ishlayotganini va signal ohangini olganini tasdiqladi. Kema 1-yanvar kuni holati bo‘yicha batafsil telemetriya ma’lumotlarini yuboradi.
Parker quyosh zondi 430 ming milya/soat (692 ming km/soat) tezlikda harakatlanib, 982°C (1800°F) gacha haroratga bardosh berdi. Bu haroratda ishlash zondning texnologik imkoniyatlarini ko‘rsatdi.
NASA zond yordamida quyosh tojidagi million darajalik issiqlikning sabablari o‘rganilishini ma’lum qildi. Shuningdek, quyosh shamolining kelib chiqishi va energetik zarralarning tezlashish mexanizmlari aniqlanadi.
2018-yilda ishga tushirilgan Parker zondi Venera parvozlaridan foydalangan holda quyoshga yaqin orbitaga kirgan. Bu ilmiy kashfiyotlar quyosh va uning dinamikasi haqida yangi ma’lumotlar beradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan NASA kosmik kemasi Quyoshga eng yaqin masofada yaqinlashgani haqida xabar bergan edi.