Yangi yilda qor yog‘adimi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi
Foto: Pexels.com

29 – 30-dekabr kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Sinoptiklarning xabar berishicha, 31-dekabr va 1-yanvar kunlari respublikada kuchli yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Biroq Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Bu kunlarda havo harorati kechasi 0…+5° iliq bo‘ladi, ba’zi vaqtda -2° gacha tushishi mumkin.

29-dekabrdan 1-yanvargacha kunduzi havo +7…+12° gacha, respublikaning ayrim hududlarida +15° gacha isishi mumkin. 2-yanvar kuni sinoptiklar +2…+7° prognoz qilishmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 27-dekabr kuni O‘zbekiston hududlarida tuman tushishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek