Ispaniyaning «Real Madrid» klubi o‘zining uy stadioni «Santyago Bernabeu» nomini o‘zgartirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda «Championat» portali.
Futbol jamoasi rahbariyati tijorat maqsadlarida nomidan «Santyago» so‘zini olib tashlashga qaror qildi.
«Santyago Bernabeu» 1947-yilda qurilgan va uch marta – 1982, 2001 va 2023-yillarda rekonstruksiya qilingan. 1947-yildan 1955-yilgacha sport arenasi Nuevo Estadio Chamartin deb nomlangan.
1955-yildan 2024-yil dekabrigacha stadion klub prezidenti Santyago Bernabeu nomini olgan. U 1943-yildan 1978-yilgacha klubni boshqargan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri «Real Madrid» Qit’alararo kubokni qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.