Foto: Reuters/Roman Kutukov
Olimlar Rossiyaning Batagaika krateridan juda yaxshi saqlangan chaqaloq mamont qoldiqlarini topishdi. Ushbu qoldiqlar abadiy muzliklarning erishi natijasida yuzaga chiqqan.
Yakutskdagi Lazarev nomidagi Mamont muzeyi rahbari Maksim Cherpasovning aytishicha, mamont o‘lganida bir yoshdan sal katta bo‘lgan. Tananing og‘irligi 110 kg dan ortiqni tashkil etadi.
Foto: Reuters/Roman Kutukov
Qoldiqlar orasida mamontning boshi va tanasi yaxshi saqlangani e’tiborni tortdi. Cherpasovning ta’kidlashicha, odatda tananing yumshoq qismlari yirtqichlar tomonidan yeyib yuboriladi.
Mamontning old oyoq-qo‘llari yeyilgan bo‘lsa-da, boshi deyarli mukammal holatda qolgan. Bu kashfiyot Rossiyaning abadiy muzliklaridagi muhim topilmalardan biri hisoblanadi.
Foto: Reuters/Roman Kutukov
Mamont qoldiqlari mutaxassislar tomonidan qo‘lbola uskunalar yordamida yuzaga chiqarilgan. Ular yosh va biologik holatni aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqot o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Kursiv Toshkent viloyatida yo‘l qurilishi vaqtida qadimiy qabr topilgani haqida xabar bergan edi.