Toshkent havosining ifloslanish darajasi yana yuqoriladi

eʼlon qilindi
Zararli moddalar kontsentratsiyasi me’yordan 27,2 baravar yuqori
Foto: New Sky

IQAir ma’lumotlariga koʻra, 27-dekabr kuni Toshkent havosidagi PM2.5 zararli moddalari darajasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan maksimal me’yordan 27,2 barobar oshib ketdi.

Unga ko‘ra, poytaxt havoning eng yuqori ifloslanish darajasi qayd etilgan dunyo shaharlari reytingida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Birinchi uchlikni Pokistonning Lahor, Misrning Qohira va Xitoyning Uxan shaharlari band etgan.

Ma’lumot uchun, PM2.5 chang, avtomobil shinalari, asfalt va boshqa birikmalar zarralaridan iborat. Ushbu moddalar nafas olish va yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston havoning transchegaraviy ifloslanishi bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilish niyatida ekani haqida yozgan edi.

Shuningdek