Toyota aksiyalari to‘qqiz foizga o‘sdi

eʼlon qilindi
Kapitalizatsiya esa $21 milliardga
Foto: Midjourney

Toyota Motor aksiyalari 9% ga oshdi va kompaniya kapitalizatsiyasi bir kechada $21 mlrd.ga ko‘tarildi. Bu haqda Ithome nashri ma’lum qildi.

Bu o‘sish Toyota kompaniyasining o‘zining kapitalidan daromad olish darajasini ikki baravar oshirishni rejalashtirgani haqida xabar tarqalishi bilan yuz berdi. Kompaniya bu ko‘rsatkichni 20% ga yetkazishni maqsad qilgan, bu esa tahlilchilarning prognozlaridan ancha yuqori.

Toyota bu qarori bilan investorlarni o‘ziga jalb etishni maqsad qilmoqda. O‘z kapitalidan ko‘proq daromad olish, kompaniyaning samaradorligini oshirish va investorlar uchun yuqori foyda ta’minlashni nazarda tutadi.

Aksiyalarning oshishi bilan Toyota investorlar uchun jozibador bo‘ldi. Bir kechada bozor qiymati $21 mlrd.ga oshdi va aksiyalarining narxi birinchi marta olti oyda $200ni tashkil etdi. Bu o‘sish kompaniyaning global sotuvlaridagi o‘sish va AQSH hamda Xitoy bozorlaridagi yuqori talab bilan ham bog‘liq. Ammo noyabr oyida Toyota jahon miqyosida ishlab chiqarishni qisqartirganini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda Toyota Camry’ning yangi versiyasi taqdim etishi haqida yozgan edik.

Shuningdek