Toyota Motor 2025-yilda Tokio avtomobil ko‘rgazmasida jonli tarzda taqdim etiladigan RAV4 Dark Side Performance krossoverini namoyish etdi. Bu haqda IThome ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, kompaniya rasmiysi modelning aniq detallari haqida gapirishni istamadi, shunchaki quyidagicha izoh berdi:
«Toyota RAV4 Dark Side Performance Edition futuristik model bo‘lib, u RAV4 ning yangi ko‘rinishini namoyish etadi. Bu esa an’anaviy RAV4 dizaynidan butunlay farq qiladi. Ilmiy-fantastik filmlar, animatsiya va o‘yinlardagi mobilitetning kelajagi hayotga tatbiq etilgan».
Modelning tashqi ko‘rinishi o‘ta futuristik tarzda old tomonda katta havoso‘ruvchilar, katta g‘ildirak kamarlari bilan jihozlangan. Old tomonda, shuningdek, noyob yoritish chiziqlari va yopiq himoya radiator panjarasi mavjud, ammo mashinaning seriyali ishlab chiqarilishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
RAV4 Dark Side Performance modeliga qo‘shimcha ravishda Toyota RAV4 Outdoor Lifestyle Package’ni ham taqdim etdi. Ushbu mashina, asosan, dam olishni yaxshi ko‘radiganlar uchun mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Tokio avtomobil ko‘rgazmasi 2025-yil 10-yanvarda ochilib, 12-yanvarda yakunlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toyota aksiyalari to‘qqiz foizga o‘sgani haqida yozgan edik.