Yangiliklar

Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston temir yoʻlining qurilishi boshlandi

Tamal toshini qoʻyish marosimi Tosh-Qutchu qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi
Foto: Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmati

Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishiga rasmiy start berdi. Bu haqda Qirgʻiziston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

«Bu oddiy transport yoʻlagi emas, balki Sharq va Gʻarb mamlakatlarini bogʻlaydigan muhim strategik koʻprikdir», – dedi Japarov.

Tamal toshini qoʻyish marosimi Tosh-Qutchu qishlogʻida boʻlib oʻtdi. Unda Xitoy va Oʻzbekiston vakillari ishtirok etdi.

Japarovning soʻzlariga koʻra, ushbu loyiha Qirgʻiziston iqtisodiyotini va respublikaning mintaqalarini tezroq rivojlantirishga, shuningdek, eksport imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.

«Bu temir yoʻl butun mintaqaning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochadi, iqtisodiyotni mustahkamlaydi va millionlab odamlarning hayotini yaxshilaydi», – deya qoʻshimcha qildi prezident.

Shuningdek, u loyiha uch davlat oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikning ramziga aylanishiga umid bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga infratuzilma, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun $100 million ajratilishini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edi.