2024-yilda 1,4 trln soʻmlik energiya resurslari talon-toroj qilindi – Energetika vazirligi
2024-yilda 1,4 trillion soʻmlik energiya resurslari talon-toroj qilindi. Bu haqda Energetika vazirligi hisobotida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, joriy yil davomida 8,2 mingta tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish va qoidabuzarlik holatlari aniqlangan.
Shulardan elektr energiyasi boʻyicha 730,1 mlrd soʻm ( 91 ta mayning, 184 ta AGTKSH, 1 422 ta suv nasosi) va tabiiy gaz boʻyicha 679,1 mlrd soʻmlik ( 57 ta AGTKSH, 64 ta issiqxona, 5 ta ohak sexi) energiya resurslari talon-toroj qilingani ma’lum boʻldi.
Shuningdek, oʻrganishlar davomida qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan 51 ta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasining litsenziyasi bekor qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Energetika sektoriga subsidiyalar 2028-yilda toʻxtatilishi haqida xabar bergan edi.