Deputat Odiljon Tojiyev Ramzan Qodirovni Oʻzbekiston xalqidan kechirim soʻrashga chaqirdi

eʼlon qilindi
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiyev prezident administratsiyasining sobiq xodimi Komil Allamjonov va ILMA rahbari Dmitriy Liga tahdid qilgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni oʻzbek xalqidan kechirim soʻrashga chaqirdi.

Deputat Checheniston prezidentining Oʻzbekistonning ichki ishlariga aralashishi, shuningdek, oʻzbek davlat amaldorlariga nisbatan tahdid bildirishi yoki bosim oʻtkazishini mutlaqo qoralashini aytdi.

«Bunday harakatlar ikki doʻst davlat munosabatlariga salbiy ta’sir koʻrsatishi va har ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi doʻstona aloqalarga zarar yetkazishi mumkin. Men Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasidan Ramzan Qodirovning oʻzbek mulozimlariga tahdidi yuzasidan holatga huquqiy baho berishini soʻrayman. Bundan tashqari, Ramzan Qodirov oʻzining kechagi munosabati uchun Oʻzbekiston xalqidan ochiqdan-ochiq uzr soʻrashi kerak», – deydi u.

Shuningdek, deputat Ramzan Qodirovdan Oʻzbekiston Bosh prokuraturasiga qidiruvda boʻlgan Beslan Rasayev va Shamil Temirxanovni topishda amaliy yordam berishini so‘radi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Allamjonovga suiqasd bilan bogʻliq jinoyat ishida Rossiyalik shaxslarga qidiruv eʼlon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek