O‘zbekistonda «Davlat sirlari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi

eʼlon qilindi
27-dekabrda O‘zbekistonda "Davlat sirlari to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi
Foto: tashatuvango / depositphotos.com

27-dekabrda O‘zbekistonda «Davlat sirlari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun davlat sirlari sifatida ma’lumotlarni belgilash, ularni himoya qilish va undan foydalanish bo‘yicha huquqiy va tashkiliy asoslarni shakllantiradi.

Qonunga ko‘ra, davlat sirlarini belgilash va ularga doir faoliyatni tartibga solish, ularning himoyasi uchun javobgarlikni o‘rnatish vazifalari belgilandi. Davlat sirlari bilan bog‘liq barcha masalalarda yagona siyosat prezident tomonidan belgilanadi.

Davlat xavfsizlik xizmati davlat sirlarining maxfiyligini ta’minlashda asosiy vakolatli organ hisoblanadi. Ma’lumotlar maxfiylashtirish uchun maxsus ro‘yxatga kiritiladi va ma’lumotlarni maxfiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar tashkilot rahbarlari tomonidan shaxsan qabul qilinadi.

Qonunda davlat sirlarining uchta darajasi belgilandi:

Birinchi daraja – «Alohida ahamiyatli»;

Ikkinchi daraja – «Mutlaqo maxfiy»;

Uchinchi daraja – «Maxfiy».

Ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati davlat ahamiyatiga ega sirlar uchun 30 yil, xizmat sirlarining maxfiyligi esa 10 yildan oshmasligi lozim. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Senat «Davlat sirlari toʻgʻrisi»dagi qonun loyihasini ma’qullagani haqida xabar berdi.

Shuningdek