Putin Oqtovda aviahalokatga uchragan samolyot uchun Aliyevdan uzr soʻradi

eʼlon qilindi
Bu haqda Rossiyaning «RBK» nashri xabar berdi
Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevdan Oqtovda roʻy bergan aviahalokat uchun uzr soʻradi. Bu haqda Kremlga tayanib, «RBK» xabar berdi.

«Vladimir Putin fojiali voqea Rossiya havo hududida sodir boʻlgani uchun uzr soʻradi va halok boʻlganlarning oila a’zolariga yana bir bor chuqur va samimiy hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlarga tezroq sogʻayib ketishini tiladi», – deyiladi xabarda.

Shuningdek, suhbat chogʻida qat’iy jadval boʻyicha parvoz qilayotgan Ozarbayjon yoʻlovchi samolyoti Grozniy aeroportiga bir necha bor qoʻnishga uringani ta’kidlandi. Bu vaqtda Grozniy, Mozdok va Vladikavkaz Ukraina jangovar uchuvchisiz uchish apparatlari tomonidan hujumga uchradi va Rossiya havo mudofaa tizimlari bu hujumlarni qaytargani aytildi.

Eslatib oʻtamiz, 25-dekabr kuni ertalab Oqtov yaqinida Bokudan Grozniyga uchayotgan Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining samolyoti halokatga uchradi. Bortda 67 kishi boʻlgan, fuqarolardan 38 nafari halok boʻldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkmenistan Airlines aviakompaniyasi Moskvaga reyslarini bir oyga toʻxtatgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek