Yangi Toshkentda vazirliklar uchun vaqtinchalik ma’muriy binolar qurilmoqda

eʼlon qilindi
4 ta yengil konstruksiyali bino qurilmoqda
Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi Toshkent shahrini qurish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Yangi shaharga tamal toshi 2023-yil 18-martda qoʻyilgan boʻlib, u «yashil shahar» konsepsiyasiga asoslangan. Shaharni qurishda ekologik tozalik, muqobil energiya manbalari va keng daraxtzorlar yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda 50 gektar maydonda koʻchatxona tashkil etilib, 27 ming tup manzarali daraxt ekilgan. Sugʻorish va parvarishlash tizimlari ham yoʻlga qoʻyilgan.

Foto: prezident matbuot xizmati

Shuningdek, vazirlik va idoralar faoliyatini vaqtincha tashkil etish uchun 4 ta yengil konstruksiyali bino qurilib, toʻliq mahalliy materiallardan foydalanilgan. «Open space» uslubidagi ofislar har birida 250 nafargacha xodim ishlashiga moslashtirilgan.

«Bu vazirlik va idoralar ishini bosqichma-bosqich shu yerda tashkillashtirish imkonini berib, Toshkentdagi tirbandlikni kamaytirishga ham xizmat qiladi», – deyiladi xabarda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi Toshkentda «Sankt-Peterburg mavzesi» qurilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek