Andijonda besh kishi spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Piqsels

Andijonda 5 kishi spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 22 – 26-dekabr kunlari Andijon viloyatida 22 nafar fuqaro Oʻzbekiston aksiz markasi yopishtirilgan «Oʻzbekiston» nomli konyak spirtlik ichimlik iste’mol qilganliklari oqibatida shifoxonaga oʻtkir zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan.

Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning besh nafari vafot etgan. Hozircha mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

«Mazkur jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tergovchilari rahbarligida tuzilgan viloyat IIB tergov departamenti, IJQK departamenti tergovchilaridan iborat tezkor tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda», – deyiladi xabarda.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva 83-yoshda vafot etgani haqida xabar berdi.

Shuningdek