Janubiy Koreyada yoʻlovchi samolyoti aviahalokatga uchradi – video

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hodisa Muan shahri aeroportida sodir boʻlgan
Foto: Reuters

Janubiy Koreyaning Jeju Air aviakompaniyasiga tegishli yoʻlovchi samolyoti halokatga uchradi, deya xabar bermoqda Yonhap agentligi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 29-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:07 da Muan shahri aeroportida sodir boʻlgan. Samolyotning qoʻnish shassisi ochilmagani sababli u uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketib, toʻsiqqa urilgan va yonib ketgan.

Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, aviahalokat 179 kishini hayotdan olib ketgan. Samolyot bortida jami 181 kishi bor edi: 175 yoʻlovchi hamda ekipajning olti nafar a’zosi. Omon qolgan ikki kishi – bir yoʻlovchi va ekipaj a’zolaridan biri. Reuters xabariga koʻra, ularning ikkisi ham samolyotning dum qismida boʻlgan. Ularning holati haqida hozircha ma’lumot yoʻq.

Voqea joyida qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Rasmiylar halokat sabablari boʻyicha tergovni boshlab yuborishdi.

Avvalroq Kursiv Turkmenistan Airlines aviakompaniyasi Moskvaga reyslarini bir oyga toʻxtatgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek