Oʻzbekiston fond bozori: aksariyat aksiyalar 2024-yilning so‘nggi haftasini oʻsish bilan yakunladi
«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 20-dekabrdan 27-dekabrgacha bo‘lgan davrni oʻsish bilan yakunladi. Kursiv Uzbekistan hafta davomida RFBdagi qimmatli qogʻozlarning oʻzgarishini oʻrganib chiqdi.
Ortda qolgan haftada UCI fond indeksi 2,1 foizga oshdi. Aksiyalari eng koʻp oʻsishga erishgan kompaniyalar qatoridan «Oʻzsanoatqurilishbank» (+20,24 foiz), «Turonbank», (26,55 foiz) va «Oʻzmetkombinat» (+12,20 foiz) joy oldi.
Oʻz navbatida, haftani qolganlarga nisbatan salbiy yakunlaganlar kompaniyalar qatoridan «Ipotekabank»ning imtiyozli aksiyalari (-4,08 foiz), «Oʻzbekkoʻmir» (-7,34 foiz) va «Oʻzbektelekom» (2,97 foiz) koʻrish mumkin.
Hafta davomida eng koʻp bitimlar amalga oshirilgan kompaniyalar roʻyxatidan «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (858 ta), «OʻzRTXB» (511 ta) va «Aloqabank» (390 ta) joy oldi.
Mazkur davrda 23 ta yuqori likvidli aksiyalardan oltitasi haftani yashil rangda yakunladi, bittasining ko‘rsatkichi oʻzgarmadi. Mazkur davrda «Toshkent» respublika fond birjasida 195,7 milliard soʻmlik 5,8 mingta bitim amalga oshirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘tgan hafta birja indeksi 1,2 foizga o‘sgani haqida xabar bergan edi.