Ozarbayjon prezidenti samolyot halokatiga yerda otilgan oʻq sabab boʻlganini aytdi

eʼlon qilindi
Uning qo‘shimcha qilishicha, yakuniy versiya qora qutilar ochilgandan so‘ng ma’lum bo‘ladi
Foto: president.az

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon televideniyesiga bergan intervyusida Oqtovga qulagan Azerbaijan Airlines samolyoti Grozniy hududida yerdan shikastlangani haqida malumot berdi.

«Dastlabki versiyalar yetarli darajada asoslangan va faktlarga tayanadi. Boshqa tomondan, faktlar shuni koʻrsatadiki, Ozarbayjon fuqaro samolyoti Rossiyaning Grozniy shahri atrofida tashqaridan shikastlangan. Shuningdek, bizning samolyotimiz radioelektron kurash taʼsirida yaroqsiz holatga keltirilganini ham bilamiz. Bu samolyotning birinchi shikastlanishi edi», – deya ta’kidladi u.

Ozarbayjon prezidentining qoʻshimcha qilishicha, yakuniy versiya qora qutilar ochilgandan soʻng ma’lum boʻladi.

Eslatib o‘tamiz, Bokudan Grozniyga J28243 reysini amalga oshirayotgan Embraer 190 samolyoti 25-dekabr kuni ertalab Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida halokatga uchradi. 

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Putin Oqtovda aviahalokatga uchragan samolyot uchun Aliyevdan uzr soʻragani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek