Oʻzbekistonda tergov qilish davomida aniqlangan kriptoaktivlarni olib qoʻyish tartibi belgilandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Mazkur yo‘riqnoma Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Foto: VitalikRadko / depositphotos.com

«Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda va jinoyatlarni tergov qilish davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qoʻyish, xatlash, saqlash hamda topshirish tartibi toʻgʻrisidagi» yoʻriqnoma Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Unga koʻra, kriptoaktivlar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish va jinoyatlarni tergov qilish davomida xatlash, musodara qilish, yetkazilgan zararni qoplash uchun olib qoʻyilishi hamda dalil sifatida e’tirof etilishi mumkin.

Kriptoaktivlar bilan bogʻliq tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini oʻtkazish kriptoaktivlar bilan ishlash koʻnikmalariga ega boʻlgan mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilishi shart.

Quyidagi ma’lumotlar kripto-aktivlar bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga oid axborot manbalari boʻlishi mumkin, jumladan:

  • shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlar;
  • xizmatlar provayderlari va maynerlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar;
  • nazorat qiluvchi (litsenziyalovchi) organlarning ma’lumotlari;
  • ochiq axborot manbalaridan olingan ma’lumotlar.

Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish va jinoyatlarni tergov qilish davomida kripto-aktivlar bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga oid ma’lumotlar va dalillar quyidagilarda aniqlanishi mumkin:

  • axborot tashuvchi qurilmalar;
  • kripto-hamyonlar;
  • qogʻoz, bloknot yoki boshqa narsa va buyumlarda qayd etilgan qoʻlyozma va yozuvlar.

Olib qoʻyilgan, xatlangan va dalil sifatida e’tirof etilgan kriptoaktivlarning hisobi surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan yuritiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan noqonuniy mayning ferma salkam 140 mln soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek