Shavkat Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Janubiy Koreya prezidentiga ta’ziya bildirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi
Foto: CNN

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreyaning Muan shahrida roʻy bergan aviahalokat oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi Choy Sang Mokga ta’ziya maktubi yoʻlladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

«Davlatimiz rahbari Koreya xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi», – deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Janubiy Koreyaning Jeju Air aviakompaniyasiga tegishli yoʻlovchi samolyoti Muan shahri aeroportida aviahalokatga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, aviahalokat 179 kishini hayotdan olib ketgan. Samolyot bortida jami 181 kishi bor edi: 175 yoʻlovchi hamda ekipajning olti nafar a’zosi. Omon qolgan ikki kishi – bir yoʻlovchi va ekipaj azolaridan biri.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Putin Oqtovda aviahalokatga uchragan samolyot uchun Aliyevdan uzr soʻragani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek