BMT hisobotidagi ma’lumotlar O‘zbekistonga jalb qilingan real investitsiyalar hajmini aks ettirmaydi – ISSV

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘zR Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Departament rahbari izoh berdi
Foto: Unsplash

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Departament rahbari Jasur Qambarov BMTning Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESCAP) 2024-yilda mintaqaga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha hisobotini tahlil qildi. Uning fikricha, ushbu hisobotda keltirilgan ma’lumotlar real investitsiyalar hajmini aks ettirmaydi.

ESCAP hisoboti press-relizlar, OAV materiallari va kompaniyalarning kelajakda sarmoya kiritish rejalari haqidagi bayonotlarga asoslangan ma’lumotlardan foydalanib tuzilgan. Shu sababli, u faqat dastlabki rejalarning aksidir va haqiqiy amalga oshirilgan investitsiyalarni tasdiqlovchi hujjat emas.

Hisobotda mamlakatda $11 milliardlik energetika loyihasi rejalashtirilayotgani aytilgan. Ammo bunday rejalar bir necha oy avval memorandum darajasida qolgan va bunday ulkan loyihalar ko‘p yillar talab qilishi ma’lum.

«BMT hisobotidagi ma’lumotlar O‘zbekistonga jalb qilingan real investitsiyalar hajmini aks ettirmaydi», – deydi Jasur Qambarov.

Departament rahbarini aytishicha, rejalarni haqiqiy investitsiyalardan farqlash muhim. Aks holda, noto‘g‘ri ma’lumotlar keng jamoatchilikka yetib borishi mumkin. Shu bois OAV va blogerlar noto‘g‘ri xabarlarni tarqatayotganiga e’tibor qaratildi.

Avvalroq Kursiv O‘zbekistonda Yevropa kapitali ishtirokidagi korxonalar soni mingga yaqinlashganini yozgan edi.

Shuningdek