Mirziyoyev Berdimuhamedovni yangi yil bilan tabrikladi
30-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni telefon orqali 2025-yil kirib kelishi bilan samimiy tabriklab, tinchlik, ravnaq va farovonlik tiladi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik va strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, o‘zaro savdo hajmining oshishi, energetika, transport, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlikning kengayishi ta’kidlandi.
Prezident Mahtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro tadbirlar va qo‘shma loyihalarga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va boshqa kelgusidagi tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi.
Avvalroq Kursiv O‘zbekiston va Turkmaniston gaz yetkazib berishni ko‘paytirishga kelishib olgani haqida yozgan edi.