Muftiy Nuriddin Xoliqnazar o‘zbekistonliklarni isrofgarchilikni kamaytirishga chaqirdi
eʼlon qilindi
Yirik xarajatlarni zarur ishlar uchun, beva-bechora va muhtojlarga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirish lozim
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar o‘zbekistonliklarni to‘ylarda va marosimlarda dabdabalik va isrofgarchilikni kamaytirishga chaqirdi.
«Ziyolilar, yoshi keksa otaxonu onaxonlar, nuroniylarga aytar so‘zimiz, keling, birgalikda yurtimiz aholisiga, ayniqsa, yuqoridagi kabi isrofgarchilik va dabdaba qilayotganlarga tushuntirish ishlarini ko‘paytiraylik, bu kabi illatlarga birgalikda barham beraylik», – deydi Shayx.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yirik xarajatlarni zarur ishlar uchun, beva-bechora va muhtojlarga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirish lozim.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan xalqaro islom akademiyasiga yangi rektor tayinlangani haqida yozgan edi.