Dunyoning eng muhim bayramlaridan biri – Yangi yil yaqinlashmoqda. Toshkent bog‘larida bayram archalari o‘rnatildi. Kursiv Uzbekistan poytaxti aholisi Yangi yilni qanday kutib olayotgani haqida fotoreportaj tayyorladi.
Istirohat bog‘lariga tashrif buyuruvchilar soni sezilarli darajada oshdi. Bu joylarda Yangi yil muhitini his qilish mumkin.
Ko‘pgina istirohat bog‘larida archalardan tashqari dekorativ haykallar, jumladan, muzdan yasalgan haykallar o‘rnatilgan.
Ko‘chalarda Qorbobo va Qorqiz libosidagi animatorlarni uchratish odatiy holga aylangan.
Do‘konlarda mavsumiy kiyim-kechaklar savdosi qizigan.
Shuningdek, o‘yinchoqlar, pufakchalar va girlyandalar bilan savdo qiluvchi kichik tadbirkorlar soni ham ortmoqda.