Til o‘rganishda qaysi viloyat yetakchi ekani ma’lum bo‘ldi
eʼlon qilindi
Toshkent viloyati birinchi
Yoshlar ishlari agentligi 2024-yilda yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha faolligini tahlil qildi. Ushbu tahlil natijalariga ko‘ra, eng faol hududlar sifatida Toshkent shahri, Buxoro va Sirdaryo viloyatlari kuchli uchlikdan joy oldi.
Tuman va shaharlar kesimida esa Buxoro shahri, G‘ijduvon tumani, Boyovut tumani, Angren shahri, Marhamat tumani, Sirdaryo tumani, Xovos tumani, Olmaliq shahri, Mirzaobod tumani hamda Andijon tumani yetakchilik qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan mingdan ortiq o‘zbekistonlik talabalarga IELTS imtihoniga bepul tayyorlanish imkoniyati taqdim etilayotgani haqida xabar bergan edi.