Xorvatiya prezidenti saylovida Zoran Milanovich yetakchilik qilmoqda
Xorvatiyada prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida amaldagi davlat rahbari Zoran Milanovich g‘alaba qozondi. U 49 foiz ovoz oldi, deb xabar berdi Dnevnik nashri.
Saylovning ikkinchi bosqichi 12-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Amaldagi prezidentga sobiq ta’lim vaziri Dragan Primoras raqiblik qiladi. Birinchi turda u 20 foizdan sal kamroq ovoz oldi.
Primoras o‘z nomzodini ilgari surgan, ammo uning saylovoldi tashviqotini eng yirik parlament partiyasi – Xorvatiya Demokratik Hamdo‘stligi (XDS) qo‘llab-quvvatlagan. Sobiq vazir amaldagi prezidentni o‘zini tuta bilmagani, siyosiy muxoliflar bilan ziddiyatlar, korrupsiya va rossiyaparast pozitsiyasi uchun tanqid qilgan.
Zoran Milanovich 2020-yildan buyon Xorvatiyani boshqarib kelmoqda. Saylovoldi dasturida u mamlakat suvereniteti uchun kurashishga va’da berdi, millatchilik harakatlarini tanqid qildi va Rossiyaga qarshi sanksiyalarning samarasizligi haqida gapirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Gruziya parlamentida Mixail Kavelashvilining inauguratsiya marosimi boʻlib oʻtgani haqida yozgan edi.