Yangiliklar

Bo‘stonliq tog‘laridagi yo‘llarda transport harakati bir tomonlama tashkil etiladi – video

Ushbu tartib 2025-yil 12-yanvargacha amal qiladi
Manba: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Bo‘stonliqning tog‘li hududlaridagi dam olish maskanlariga (Amirsoy, Chimyon, Bildirsoy) olib boruvchi avtomobil yo‘lining ayrim qismlarida yo‘l-transport hodisalari va tirbandliklarning oldini olish maqsadida 2025-yil 12-yanvar kuniga qadar transport vositalarining harakati bir tomonlama tashkil etiladi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/12/3.1-mob.mp4

Avvalroq Kursiv Uzbekistan xabar berganidek, 28-dekabrdan 5-yanvargacha Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.