O‘zbekistonda ijtimoiy kartani qanday rasmiylashtirish mumkin

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Fevraldan tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan ma’lumot xizmati test rejimida ishga tushiriladi
Foto: Roman Fedotov / Kursiv

O‘zbekistonda ijtimoiy kartalar rasmiylashtirish tartibi belgilandi. Hukumat qaroriga ko‘ra, ijtimoiy kartalarni chiqarish tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Dastlab barcha fuqarolar uchun elektron ijtimoiy karta muomalaga chiqariladi va undan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, xohishga ko‘ra bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta ham chiqariladi va taqdim etiladi. Fuqarolar ijtimoiy karta uchun arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, «Ijtimoiy karta» mobil ilovasi, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki maxsus moliyaviy agentlar orqali topshirishlari mumkin.

Yangi tizimni samarali joriy etish maqsadida 2025-yil 1-yanvardan boshlab «Ijtimoiy karta» axborot tizimi va mobil ilovasi tunu-kun texnik qo‘llab-quvvatlanadi. Bundan tashqari, 2025-yil 1-fevraldan e’tiboran ijtimoiy karta bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha «1070» qisqa raqamli, tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan ma’lumot xizmati test rejimida ishga tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2025-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etib, tegishli topshiriqlar berganini xabar qilgan edi.

Shuningdek