Rossiyada noqonuniy yashayotgan xorijliklar 30-aprelgacha mamlakatni tark etishi kerak

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Shuningdek, ular RFdagi huquqiy holatini qonuniylashtirishlari mumkin
Foto: Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot xizmati

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan yangi qarorga ko‘ra, mamlakatda yashayotgan xorijliklar 2025-yilning 30-apreligacha o‘z huquqiy holatini qonuniylashtirishi yoki Rossiyani tark etishi talab qilinadi.

Ushbu talab Rossiyada noqonuniy yashayotgan fuqarolarga tegishli bo‘lib, qator shartlarni bajargan shaxslar bundan mustasno. Bunga biometrik ma’lumotlarni topshirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, rus tilini bilish darajasini tasdiqlash, majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash kabi talablar kiradi. Shuningdek, mehnat ruxsatnomasi, yashash guvohnomasi va boshqa ruxsatnomalarni berish rad etilishi uchun asoslar bo‘lmasa, ular mamlakatda qolishi mumkin.

Biroq ushbu talab Rossiya hukumati tomonidan milliy xavfsizlikka tahdid deb topilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Noqonuniy migratsiya muammosi boshqa mamlakatlarda ham dolzarb hisoblanadi. Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonning 80 ga yaqin fuqarosi Janubiy Koreyadagi ish joylarini noqonuniy tark etgani sababli, O‘zbekistondagi ularning kafillari 2,35 milliard so‘m miqdorida jarimaga tortilgan edi. Bu haqda Mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qilgan.

Shuningdek