Toshkent metropoliteniga uchta yangi poyezd keltirildi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Yangi harakat tarkiblari 9-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkaziladi
Rasm: Toshkent metropoliteni

Toshkent metropoliteniga uchta yangi harakat tarkibi keltirildi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi. Unga ko‘ra, jami 12 ta metro vagoni Toshkent metropoliteni parkiga olib kelindi.

Yangi harakat tarkiblari 9-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng yo‘lovchilar uchun foydalanishga topshiriladi.

Toshkent metropoliteni dekabr oyida ilk bor bir kunda milliondan ortiq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib, rekord natijaga erishgani haqida ham xabar bergan edi. Metro faoliyati 1977-yil 6-noyabr kuni boshlangan bo‘lib, u Markaziy Osiyodagi birinchi yer osti transport tizimi sifatida tarixga kirgan.

Toshkent metropoliteni tarixi va uning rivojlanishi haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Shuningdek