Xiaomi kompaniyasi yangi avlod mobil akkumulyatorlarini taqdim etdi. Qurilmalar Xitoy bozorida 2025-yil 2-yanvardan sotuvga chiqariladi, deb xabar bermoqda Gizmochina.
Yangi Xiaomi Magnetic Power Bank 10 000 mА/s sig‘imga ega bo‘lib, 33 Vt quvvatga ega. Qurilma Apple foydalanuvchilari uchun mos keladigan magnitli simsiz quvvatlash funksiyasiga ega, biroq bu rejimda quvvat 7,5 Vt bilan chegaralangan.
Akkumulyatorda ikkita USB-C porti, USB-C ulanish kabeli va zaryad darajasini ko‘rsatadigan LED indikator mavjud. Qurilma PD3.0, QC3.0 va PPS kabi turli protokollarni qo‘llab-quvvatlaydi. Maksimal quvvat olish ko‘rsatkichi 30 Vtni tashkil etadi. Ushbu modelning narxi $23 ni tashkil qiladi.
Ikkinchi model esa kattaroq sig‘imga – 20 000 mА/s akkumulyatorga ega, biroq simli quvvatlash quvvati 22,5 Vt bilan cheklangan. Narxi esa arzonroq – atigi $18. Ushbu modelda ham USB-C ulanish kabeli, ikkita port (USB-C va USB-A) mavjud.
Kursiv Uzbekistan avvalroq Xiaomi 15 Ultra smartfonining Xitoyda hali chiqmaganiga qaramay global bozorga chiqarilish uchun tayyorlanayotgani haqida xabar bergandi.