Yun Sok Yolni hibsga olish uchun order berildi
Janubiy Koreyada prezident Yun Sok Yolga nisbatan hibsga olish va tintuv o‘tkazish uchun order berildi. Bu haqda mamlakatning Oliy amaldorlarni korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasi xabar berdi.
Uning vakolatlari 14-dekabr kuni parlamentda impichment e’lon qilinishi sababli to‘xtatilgan edi. Boshqarma vakillariga ko‘ra, order 31-dekabr kuni chiqarilgan bo‘lsa-da, uni qo‘llash bo‘yicha aniq jadval hali belgilanmagan.
Bu qaror mamlakat tarixida birinchi marta amaldagi prezidentga nisbatan hibsga olish orderi berilishi bilan muhimdir. Yun Sok Yol harbiy holat e’lon qilgani sababli isyon tashkil etishda gumon qilinmoqda. Konstitutsiyaviy sud qaroriga qadar uning vakolatlari to‘xtatilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Janubiy Koreyada muvaqqat prezidentga impichment e’lon qilingani haqida yozgan edi.