1-yanvardan qonunchilikda nimalar o‘zgardi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Adliya vazirligi batafsil havola joyladi
Foto: Digpu.com

1-yanvardan boshlab bir qator yangi qonun va qoidalar kuchga kirdi. Bu haqda Adliya vazirligi batafsil ma’lumot taqdim etdi.

Unga ko‘ra, ayrim ta’lim tashkilotlari kommunal xarajatlarining 50% davlat tomonidan qoplab beriladi. Bukmekerlik faoliyati qonuniylashtiriladi. Tazyiq va zo‘ravonlikka moyil shaxslarning reyestri yuritiladi. Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi.

«subsidiya.mf.uz» platformasida tadbirkorlar uchun qo‘llab-quvvatlash reyestri yuritiladi. Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda tergov sudyalari lavozimi joriy qilinadi. Davlat xizmatchilari va aholining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bilimlari oshiriladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratiladi.

Fuqarolar qabulida surdotarjimonlar ishtiroki ta’minlanadi. Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig‘i stavkasi 50% kamayadi, ayrim yer uchastkalari bo‘yicha soliq stavkasi ham 50% kamayadi.

Shu bilan birga, kam ta’minlangan oilalarning farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli ravishda qabul qilinadi. Bog‘chalar rahbar va pedagoglari rag‘batlantiriladi, shuningdek, inklyuziv ta’lim guruhlari ochiladi.

«Ishga marhamat» monomarkazlarida ish beruvchilar talabi asosida tezkor kurslar tashkil qilinadi. Yetim va ota-onasiz yoshlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent jamoat transportida yo‘lkira tariflari oshishi haqida yozgan edik.

Shuningdek