Mask Trampning rezidensiyasiga ko‘chib o‘tdi
Tesla kompaniyasining bosh direktori Ilon Mask AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Florida shtatidagi rezidensiyasida yashab kelmoqda. Bu haqda The New York Times axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, amerikalik milliarder Trampga tegishli bo‘lgan Mar-a-Lago mulkidagi kottejda yashayapti. Shuningdek, Mask yaqinda AQShning saylangan prezidenti va Amazon rahbari Jeff Bezos o‘rtasidagi uchrashuvda ishtirok etgan.
Maskdan tashqari, Mar-a-Lagoda bir muddat AQShning saylangan vitse-prezidenti Jey Di Vens ham yashagan.
NYT ma’lumotiga ko‘ra, Tramp bir necha marta Mask – dunyodagi eng boy odam – uning mulkida yashayotgani bilan maqtangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask 2025-yil oxiriga kelib sun’iy intellekt inson qobiliyatidan oshib kelishini aytgani haqida yozgan edik.