AQShda mashina odamlar ustiga haydashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
30 kishi jarohatlandi
Foto: WVUE

Yangi yil oqshomida AQShning Nyu-Orlean shtatidagi Bourbon ko‘chasida mashina odamlar ustiga haydab ketishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, shaharning favqulodda vaziyatlar boshqarmasi NOLA Ready ma’lumotiga ko‘ra, hodisa Kanal va Bourbon ko‘chalari kesishgan joyda sodir bo‘lgan.

Guvohlar mashina katta tezlikda odamlar to‘dasiga urilib ketganini va hodisa joyida vahima yuzaga kelganini aytishdi. Politsiya voqea joyida xavfsizlik choralari ko‘rib, odamlarni hududni tark etishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyada BMW odamlarni bosib ketgani haqida yozgan edik.

Shuningdek