2024-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 9,8 foizni tashkil qildi
2024-yil dekabr oyida yillik inflyatsiya darajasi 9,8% ni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2023-yildagi 8,77% bilan solishtirganda yuqoriroq. Yaʼni, 2024-yilda narxlarning oʻsishi tezlashgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
O‘zbekiston Markaziy banki esa yilda umumiy inflyatsiya darajasini 9,5% atrofida bo‘lishini prognoz qilgan edi. Yakuniy natijalar shuni ko‘rsatadiki, amalda kuzatilgan ko‘rsatkich regulyator prognoziga deyarli mos keldi. Shu bilan birga, Markaziy bank strategik maqsad sifatida inflyatsiyani 5 foizgacha pasaytirishni rejalashtirgan.
2024-yil davomida respublikada tovarlar narxi 7,7% ga, oziq-ovqat mahsulotlari narxi 2,4% ga, xizmatlar esa 26,7% ga oshdi.
O‘zbekiston fuqarolari uchun kommunal xizmatlar bir yil ichida 38,2% ga qimmatlashdi maishiy texnika narxi 5,5% ga, transport esa 10,7% ga oshdi.
Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash xizmatlari bir yil ichida 9,7% dan 20,7% gacha ko‘tarildi, alkogol mahsulotlari narxi esa 10,8% ga qimmatlashdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yilda mamlakat budjetidan 96 trln so‘m olishi haqida yozgan edik.