Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili» deb e’lon qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 2024-yil mamlakat uchun barakali bo‘lib, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda muhim yutuqlarga erishildi
Rasm: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi yil munosabati bilan xalqqa yo‘llagan tabrigida 2025-yilga «Atrof-muhitni asrash va “yashil» iqtisodiyot yili” deb nom berilganini ma’lum qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 2024-yil mamlakat uchun barakali bo‘lib, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda muhim yutuqlarga erishildi. Xususan, yuqori texnologiyali sanoat majmualari, zamonaviy infratuzilma va logistika tarmoqlari qurildi, aholining daromadlari va turmush sifati oshdi.

Prezident 2025-yilda inson va tabiat muvozanatiga asoslangan tizim yaratishga alohida e’tibor qaratilishini ta’kidladi.

«Yangi yilda biznes uchun yanada keng imkoniyatlar yaratiladi. Xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish ishlarini qat’iy davom ettiramiz. Ijtimoiy sohalar, ish haqi, pensiya va stipendiyalar, nafaqalar miqdorini oshirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport sohalarini rivojlantirishga e’tibor kuchaytiriladi. Yangi uy-joylar, maktablar, oliygohlar va madaniyat maskanlari barpo qilinishi davom ettiriladi.

Prezident tabrigida fuqarolarni halol mehnatlari va yurtga sadoqati uchun minnatdorlik bildirgan holda yangi yilni xalqimizga katta omadlar va yutuqlar olib kelishini tiladi.

Shuningdek