Qirg‘iziston va O‘zbekiston Ishbilarmonlar kengashi tuziladi
Qirg‘iziston va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatalari huzurida Ishbilarmonlar kengashi tuzishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatidagi prezident vakili matbuot xizmati 24 KG’ga xabar berdi.
Unga ko‘ra, viloyat rahbari Elchibek Jantayev Qirg‘izistondagi O‘zbekiston Favqulodda va muxtor elchisi Saidkamol Niyozho‘jayev bilan uchrashdi.
Tomonlar sanoat kooperatsiyasi, chegara savdosini rivojlantirish, erkin iqtisodiy zona yaratish, «bir tur – ikki davlat» tamoyili asosida turizmni rivojlantirish va universitetlar hamda yoshlar o‘rtasida gumanitar hamkorlik masalalarini ham muhokama qildilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lini qurish to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi.